12:10 / 21.12.2019
2 929

Yarashgan oilalar endi Yangi yilni birga kutib oladigan bo‘lishdi

Yarashgan oilalar endi Yangi yilni birga kutib oladigan bo‘lishdi
MIB Kogon shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 13.11.2019 yildagi qarzdor N.Qaxorova undiruvchi R.Ostanov foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ish haqi va boshqa barcha turdagi daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Kogon shahridagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar natijasida taraflarning yarashuviga erishildi va oila tiklandi.

Xuddi shunday, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 09.02.2018 yildagi undiruvchi N.Niyozova foydasiga qarzdor A.Niyozovdan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy jami daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha taraflarning yarashuviga erishildi.

Ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.
Mazkur oilalar endi 2020 yilni bir oila bo‘lib birgalikda kutib olishadigan bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yarashgan oilalar endi Yangi yilni birga kutib oladigan bo‘lishdi