12:53 / 21.12.2019
3 603

Neft va gaz qazib oluvchi burg‘ulash uskunasi xatlandi

Neft va gaz qazib oluvchi burg‘ulash uskunasi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan soliq qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamagan jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari sudning hal qiluv qaroriga asosan xatlab olinmoqda.

Xuddi shu kabi "Koson neft-gaz kidiruv ekspeditsiyasi"ning ham soliqdan qarzdorligi oz emas, ko‘p emas 3 mlrd 325 mln 416 ming so‘mga yetdi. Shu sababli Koson tumanlararo iktisodiy sudining 09.12.2019 yilda qarzdordan G‘uzor tuman DSI foydasiga ushbu pul miqdorini undirish haqida ijro hujjati chiqdi.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Koson tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng joriy yilning 16 dekabr kuni bo‘lim xodimlari qarzdorlikni undirish maqsadida ekspeditsiya joylashgan manzilga borib, qarzdorlik evaziga tashkilotning yotoqxona binosi hamda "Uralmash" rusumli neft va gaz qazib oluvchi burg‘ulash uskunasi xatlab olindi. Hozirda bu mol-mulklarni baholash choralari ko‘rilmoqda.

Kelgusida qarzdor mavjud qarzdorlikni qoplamagan taqdirda, xatlangan mol-mulklarni sotish orqali qarzdorlikni qoplash choralari ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Neft va gaz qazib oluvchi burg‘ulash uskunasi xatlandi