13:30 / 21.12.2019
2 746

Xorijga chiqish biometrik pasportini qanday hollarda 5 ish kunida olish mumkin?

Xorijga chiqish biometrik pasportini qanday hollarda 5 ish kunida olish mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga alohida hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni 5 ish kunida ko‘rib chiqish mexanizmi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, buning uchun fuqarolar hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:

- fuqaroning xorijda shoshilinch davolanishi va unga hamrohlik qiluvchi shaxs zarurligini tasdiqlovchi respublika yoki viloyat miqyosidagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar;
- yaqin qarindoshining og‘ir kasalligi yoki vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- O‘zbekiston Respublikasi hukumatining topshiriqlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish zaruriyati yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning xodimlari haqidagi talabnomalar;
- xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishni tasdiqlovchi hujjatlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijga chiqish biometrik pasportini qanday hollarda 5 ish kunida olish mumkin?