Qamchiq dovoni hududida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani hamda qor ko‘chishi xavfi mavjudligi bois haydovchilar va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, dovon bo‘ylab avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.
Qamchiq dovoni yo‘nalishidan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus katnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda «Uzautotrans service» korxonasi Yutong avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari bo‘ylab harakatlanadi. Avtobus Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidan (vodiy pitak) yo‘lga chiqadi. Avtobus Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadi. Shu sababdan yo‘lovchilar o‘z shaxsiy pasportlari bilan avtobusga chiqishlari lozim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi