08:43 / 23.12.2019
3 256

“Yarim kechada keladigan poyezdni kutamiz...”

“Yarim kechada keladigan poyezdni kutamiz...”
Tibbiyot fakultetini bitirib, amaliyotchi shifokor o‘laroq vazifamni bajarish uchun Elazig‘ning chekka qishloqlaridan biridagi tibbiyot maskaniga ishga otlandim.

Yosh edim, hali oila qurmagandim. Men borgan yer kichik bir qishloq edi. Birinchi tun bir uyga mehmon bo‘ldim. Poyezd stansiyasi yonginasida joylashgan uy edi. Kechki ovqatni yedik, choylarimizni ichdik. Biroz suhbatlashib ham o‘tirdik. Yo‘l charchog‘i meni holdan toydirgan, begona tuproqlarning yotligi bosib, suhbatga maylim yo‘q edi. Soat tun yarmiga qarab yuryapti, meni uyqu zalvori ezib boryapti. Uy egasiga ham bir nima deyishga xijolat qildim.

Uyning kattasi — hoji onaga ohista shivirladim:
— Hojiona, siz taraflarda soat nechchida uxlanadi?
— Poyezdni kutyapmiz, bolam, hozir poyezd keladi, — dedi mezbon ona.
— Biror yaqiningizni kutyapsizlarmi? Poyezdda kelyaptimi? — deya qiziqib so‘radim.
— Yo‘q, bolam, biror yaqinimiz kelmaydi. Lekin bu yerlar uzoq joylar. Poyezddan bu yerlarni bilmaydigan, ilk bor kelayotgan odamlar tushishi mumkin. Tunning yarmida bu yerda chirog‘i yongan uy topolmasa ko‘chada qolishi mumkin. Qishlog‘imizga begona birov kelsa adashmasin, ko‘chada qolmasin, chirog‘i yoniq turgan uy topsin deb kutib o‘tiramiz…

Umida ADIZOVA tarjimasi

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yarim kechada keladigan poyezdni kutamiz...”