12:46 / 23.12.2019
2 652

MIB Qarshida 1 kunda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirdi

MIB Qarshida 1 kunda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirdi
Majburiy ijro byurosi Qarshi shaxar bo‘limi tomonidan sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash jarayonida soliq qarzlarini undirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. To‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorlarning mulklari xatlab olinmoqda.
O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bu qarzdorliklar bartaraf etib borilmoqda.
Birgina joriy yilning 20 dekabr kuni 5 mlrd. so‘mdan ortiqroq mablag‘lar undirildi. Jumladan, qarzdor "MINORA QURILISh EKSPEDITsIYaSI" MChJ dan 688 mln so‘m, "TEXNIK TA’MINLASh BUTLASh" MChJdan 3 mlrd so‘m, "TEXNOLOGIK TRANS" AJdan 1 mlrd 500 mln so‘m, "NEFT VA GAZ QUDUQLARINI SINASh" AJdan 420 mln so‘m, "GEOBURNEFTGAZ SERVIS" MChJdan 313 mln so‘m jami 5 mlrd. 703 mln so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Qarshida 1 kunda 5 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirdi