Madaniyat degani chap qo‘lda ovqat yeyishmas!

  • 23 dekabr 2019, 15:58
  • 892
  • Jamiyat
  • Madaniyat degani chap qo‘lda ovqat yeyishmas!
    Tunov kuni bir ertalabki ko‘rsatuvda Mirzabek Xolmedov chiqdilar. Ovqat, shirinliklar pishirishdi. Ovqat va pishiriqlar pishgach uni yeyish uchun dasturxonga qo‘yishdi. Odatdagidek sanchqi chap tomonga, pichoq o‘ng tomonga qo‘yildi. Shunda Mirzabek aka sensatsiya qildilar. Sanchqini o‘ng qo‘lga olib: "Biz musulmonmiz, shuning uchun o‘ng qo‘lda yeyishimiz lozim" deb o‘ng qo‘lda yedilar.

    Bu menga yaxshi ta’sir qildi. Bitta sunnatni ehtirom qilgani uchun Mirza akaga mehrim oshdi.
    O‘rtoqlar, ba’zi bir ishlar bizga g‘arbdan kelayapti. Uni yuksak madaniyat o‘laroq qabul qilayapmiz. Sababi, bizga "sen qoloqsan", "sen rivojlanmagan" degan so‘zlarni ko‘p takrorlashdi. Hatto biz shu gapga ishonib ham qoldik. To‘g‘ri, ma’lum sabablarga ko‘ra ma’lum sohalarda g‘arbdan ortda qoldik. Ammo masala diniy qadriyatlarimizga kelib taqalganda biz ortda emasmiz.

    Dinimizdagi barcha hukmlar ideal hukmlardir. Chunki ular Allohning hukmlaridir. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam eng buyuk insonlar. U zotning qilgan ishlari ham eng buyuk ish bo‘ladi. Ba’zi "rivojlangan" yemakxonalarda sanchqini chap qo‘l tomonda, pichoqni o‘ng qo‘l tomonda qo‘yilgani sizni chalg‘itmasin. Hech xijolat bo‘lmasdan ular "madaniyati"ni tark qilib Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning sunnatlarini tutavering. Zero bizning madaniyatimiz Robbimiz tomonidan kelgan madaniyatdir!

    Abdulqodir Polvonov

    Manba: Azon.uz

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Madaniyat degani chap qo‘lda ovqat yeyishmas!