18:23 / 23.12.2019
3 186

Buxoroda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan firibgar qo‘lga olindi
Foto: buxoroiib.uz
G‘ijduvon tumani Buktaroy mahallasida ro‘yxatda turib, Buxoro shahar Gazli shoh ko‘chasidagi xonadonlardan birida vaqtincha yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro S.O‘ 2019 yil avgust oyi boshlarida o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqaro S.Sh.ning ishonchiga kirib, unga o‘zini DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimi deb tanishtiradi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

G‘ijduvon tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida u 500 AQSH dollari evaziga Qorako‘l tumanidagi «Qandim» zavodiga ishga kiritishini va’da qilib, Buxoro shahridagi «Chevar» maishiy xizmat uyi oldida S.Sh.dan 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan holda firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro S.O‘ o‘zining jinoiy hatti-harakatlarini davom ettirib, 2019 yil noyabr oyi boshlarida fuqaro U.Sh.ning ishonchiga kirib, unga ham o‘zini DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimi deb tanishtirib, 500 AQSH dollari evaziga Qorako‘l tumanidagi «Qandim» zavodiga ishga kiritishini va’da qilib, aldab, ishonchini suiiste’mol qilgan holda 400 AQSH dollari, xuddi shu tarzda fuqaro U.Q.dan 2.850.000 so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S.O‘ ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Undan DXX yozuvli soxta guvohnoma, fuqarolarning pasport nusxalari hujjatlashtirib olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra S.O‘.ning firibgarligi qurboniga aylanganlar soni 10 nafardan ortishi taxmin qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi tegishli qism va bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPK 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan firibgar qo‘lga olindi