15:35 / 08.01.2020
9 920

Namanganda 10-sinf o‘quvchilari g‘ayritabiiy usulda mast bo‘lishdi (video)

Namanganda 10-sinf o‘quvchilari g‘ayritabiiy usulda mast bo‘lishdi (video)
Namangan viloyati Pop tumanidagi 40-sonli maktabda tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Bunga ushbu ta’lim muassasasining 10-sinfida o‘qiydigan A.A va B.L. larning harakatlari sabab bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, bu ikki o‘quvchi 2019 yil 29 noyabr kuni soat 15-00lar atrofida tumandagi fermer xo‘jalik maydonida yelimni selofan paketga solib hidlash orqali g‘ayritabiiy usulda mast bo‘lganlar. Ularning bu harakatlarini fermer xo‘jaligi ishchisi ko‘rib qoladi va zudlik bilan maktab ma’muriyatiga telefon qiladi. Maktab rahbari o‘quvchilarning ota-onalarini chaqirtirib, vaziyat o‘rganilganda, rostdan ham ikki o‘smir mast holatda ekanligi aniqlangan.

Ushbu holat sayyor qabulda mutasaddi tashkilotlar va faollar bilan atroflicha ko‘rib chiqildi. Natijada, farzandlarining tarbiyasiga bee’tibor bo‘lgan bu ikki o‘quvchining onasiga nisbatan javobgarlik belgilandi. Unga ko‘ra, Pop tumanidagi 40-maktabning 10-A sif o‘quvchilari A.A. va B.L.larning onalariga MJTKning 47-moddasi 1-qismi bilan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jarima belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 10-sinf o‘quvchilari g‘ayritabiiy usulda mast bo‘lishdi (video)