06:00 / 09.01.2020
2 708

Prezident: Bitta tadbirkor faoliyatini to‘xtatsa ham, «favqulodda holat» sifatida qarash kerak

Prezident: Bitta tadbirkor faoliyatini to‘xtatsa ham, «favqulodda holat» sifatida qarash kerak
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 yanvar kuni Davlat budjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

2020 yil 1 yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.

Yagona yo‘limiz – tadbirkorlar sonini ko‘paytirish, odamlarni ishbilarmon qilish! Har bir hokim budjetga qo‘shimcha daromadlarni ta’minlashi uchun o‘zi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari iste’moli va to‘lovi bo‘yicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga yondashuvi tanqid qilindi. O‘tgan yili Mirzo Ulug‘bek, G‘uzor va Muborak tumanlarida faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bitta tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatsa ham, bunga “favqulodda holat” sifatida qaralishi kerak, – deya ta’kidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi raqobatbardosh tadbirkorlarni ko‘paytirishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Bitta tadbirkor faoliyatini to‘xtatsa ham, «favqulodda holat» sifatida qarash kerak