Foto: Xabar.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida YPX xodimi mast holatda avtomobil boshqargani va fuqarolar uning yo‘lini to‘sib, unga nisbatan chora ko‘rilishini talab qilishayotgani aks etgan video tarqaldi.
Videoda ko‘rish mumkinki, yuzlab kishi evakuator mashinasiga chiqib olgan YPX xodimini o‘rab olishib, holatni o‘z telefonlariga videoga olishmoqda. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar vakillari oldida xodimning mast ekanini aytishib, uning xalqdan kechirim so‘rashini talab qilishgan.
Voqea guvohi so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat tumandagi ko‘chalaridan birida o‘rnatilgan 3.27 («To‘xtash taqiqlangan») yo‘l belgisida (o‘rnatilgan belgi qo‘lbola tayyorlanganga o‘xshaydi) to‘xtagan avtomashinani jarima maydoniga olib ketish jarayonida sodir bo‘lgan.
Foto: Xabar.uz
Foto: Xabar.uz
Katta ehtimol bilan ushbu qoidabuzarlikni qayd etish uchun kelgan YPX xodimi mast holatda bo‘lganligini sezgan fuqarolar shu tarzda uning yo‘lini to‘sib olishib, norozilik bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi