13:30 / 14.01.2020
5 775

Namanganda 15 ming AQSH dollari qarzini to‘lay olmagan rahbar o‘zini otib o‘ldirdi

Namanganda 15 ming AQSH dollari qarzini to‘lay olmagan rahbar o‘zini otib o‘ldirdi
Namangan viloyatida o‘z joniga qasd qilib, o‘ldirganlik holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Mingbuloq tumani, Farovon mahallasida yashovchi “A-t.” FX rahbari, 1962 yilda tug‘ilgan T.X. “Sh. Yu” FX rahbari Sh.Yu.dan 15.000 AQSH dollari olib, qarzdor bo‘lib qolgan.

T.X. ushbu qarzini to‘lay olmay, tushkunlikka tushib qolganligi sababli 2020 yil 13 yanvar kuni o‘ziga tegishli “Ij-27 Ye” rusumli vertikal shakldagi qo‘sh og‘izli ov miltig‘i qo‘ndog‘ini o‘rik daraxtiga, stvol uchini esa o‘zinining ko‘krak qafasining chap yurak sohasiga tirab, bir marotaba o‘ziga o‘q uzib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 15 ming AQSH dollari qarzini to‘lay olmagan rahbar o‘zini otib o‘ldirdi