Yangi saylangan deputatlar yaxshi natijaga erishish uchun, avvalo, ularga ishonib ovoz bergan xalqning xohish-istaklari va muammolarini o‘ylab ishlashi kerak. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi yangi saylangan tarkibining 13 yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Yangi saylovlar — yangi O‘zbekiston» g‘oyasini ilgari surib, shunday tadbirlarni o‘tkazishga o‘zlari bosh-qosh bo‘ldilar. Darhaqiqat, bunaqangi demokratik jarayon O‘zbekistonda bo‘lmagan. Barcha hududlarda aholi ko‘tarinki ruhda demokratik jarayonlarda qatnashganiga guvohi bo‘ldingiz.
Deputatlar saylov jarayonlaridan katta raqobat bilan o‘tdi. Bundan buyog‘iga xalqimiz bildirgan yuksak ishonchni oqlash yo‘lida harakat qilayotgan vaqtingizda ularning xohish-istaklari, muammolarini esdan chiqarmasdan ishlasangiz, natija yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman.
Ochig‘i, shuncha yil davlat idoralarida ishlagan bo‘lsam, deputatlarning bunday faolligini ko‘rmaganman. So‘zga tayyorlanganlar ham, tayyorlanmaganlar ham ruhlanib gapirmoqda. Bu Toshkent shahri deputatlari Prezidentimiz boshlagan ishlarni eng yuqori saviyada bajarishga kamarbasta ekanligidan dalolat. Bu ishlarni amalga oshirishda biz ham sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!