21:25 / 16.01.2020
6 737

Grigoryan o‘limiga doir yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

Grigoryan o‘limiga doir yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
Taniqli dizayner Nariman Grigoryan o‘limiga doir yangi tafsilot paydo bo‘ldi: Repost.uz nashri yozishicha, Narimon Grigoryan jasadi topilganidan 3 kun avval o‘ldirib ketilgan.

"Nariman 2020 yil 11 yanvarda o‘ldirilgan bo‘lsa, biroq Grigoryanning Instagramdagi rasmiy sahifasida 12 yanvar kuni post e’lon qilingan", – deyiladi xabarda.

Post ostida "Voskresnaya kinoshka" deb yozilgan. Ehtimol, Instagram sahifasini uning menejeri yuritgan, post qo‘yilganda, u dizayner o‘lganligini bilmagan.

2020 yil 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumanida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug‘ilgan A.N. (Nariman Grigoryan) ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Nariman Grigoryan - xoreograf, dizayner va modeler, "Nariman Grigoryan" brendining asoschisi. U 2004 -2008 yillarda O‘zbekiston raqs akademiyasida tahsil olgan.
Grigoryan xalqaro raqs tanlovlarida O‘zbekistondan yagona hakam sifatida ishtirok etib kelardi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Grigoryan o‘limiga doir yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi