15:08 / 17.01.2020
3 782

Tergov departamenti Jizzaxdagi portlash tafsilotlarini ma’lum qildi

Tergov departamenti Jizzaxdagi portlash tafsilotlarini ma’lum qildi
2020 yil 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30larda Jizzax viloyati, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida portlash yuz bergani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, propan gaz saqlanayotgan sisterna yonida, ushbu MCHJda operator bo‘lib ishlagan 40 yoshli Sh.A. temirlarni kesish moslamasi (bolgarka)ni ishlatayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lishi oqibatida 2,5 tonna suyultirilgan gaz saqlanayotgan sisterna portlagan.

Natijada fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, MCHJ direktori 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tergov departamenti Jizzaxdagi portlash tafsilotlarini ma’lum qildi