17:53 / 17.01.2020
5 582

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘qituvchilarni ishga taklif qilmoqda

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘qituvchilarni ishga taklif qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.

Mazkur litseyga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishga taklif qilinadi.

“Temurbeklar maktabi”ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.

“Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
o‘qituvchilar uchun - 5 barobar;
psixolog uchun - 3 barobar;
axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari - 2 barobar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

“Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:
-ona tili va adabiyoti;
-rus tili va adabiyoti;
-tarix;
-ingliz tili;
-fizika;
-astronomiya;
-algebra;
-geometriya;
-kimyo;
-biologiya;
-geografiya;
-ma’naviyat asoslari;
-davlat va xuquq asoslari;
-jismoniy tarbiya;
-informatika va axborot texnologiyalari;
-chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
“Temurbeklar maktabi”ning manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi (Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida).
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020 yilning 10 fevraliga qadar DXX Institutiga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘qituvchilarni ishga taklif qilmoqda