16:31 / 18.01.2020
3 831

Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi

Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi
Illustrativ foto
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB YPX 3-otryadi 3-safarbarlik guruhi yo‘l patrul xizmati inspektori I.Qorayev xizmat taqsimotiga ko‘ra 2020 yil 17 yanvar kuni soat 12:30larda, “Qarshi-Nishon-Tallimarjon” avtomobil yo‘lida xizmat olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida aytilishicha, shu jarayonda “Gaz-53” rusumli avtomobil haydovchisi xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan boshqarib kelayotganligi sababli to‘xtatib, avtomashinani ko‘zdan kechirish jarayonida haydovchi O‘.M., transport vositasini texnik nosoz holda boshqarib yurganligini aniqlab unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Shu vaqtda YPX inspektori I.Qorayevning xizmat faoliyatni nazorat qilib yurgan YPX 3-otryadi komandirining o‘rinbosari J.Shamsutdinov joyiga yetib borgan vaqtida haydovchi O‘.M. javobgarlikdan qochish maqsadida unga 600 ming so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimlarni bildirgisiga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda davomida shu kuni soat 21:00larda fuqaro O‘.M. YPX 3-otryadi komandirining o‘rinbosari J.Shamsutdinovga 600 ming so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchi YPX xodimiga pora berayotganda qo‘lga olindi