17:07 / 18.01.2020
2 679

Energetika sohasida Gruziya tajribasidan foydalanish mumkinmi?

Energetika sohasida Gruziya tajribasidan foydalanish mumkinmi?
Bugun, 18 yanvar kuni Energetika vazirligi rahbariyati tomonidan “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan so‘ng energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev energiya taqchilligining oldini olishda Gruziya tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan taklifga o‘z munosabatini bildirdi.

“[Taklifga] munosabatim ijobiy. Lekin biz faqat Gruziya tajribasiga tayanishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Gruziya tajribasi mamlakatimizga nisbatan qo‘llanilishini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aytishimiz uchun avval boradigan yo‘nalishimizni belgilab olishimiz kerak. Ya’ni qaysi bozor modeliga o‘tamiz. Shunga qaramasdan, Gruziyada eng katta islohotlarni o‘tkazish davrida energetika vazirining o‘rinbosari bo‘lgan xodim hozirgi kunda mening jamoamda ishlayapti. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan yollangan, taqdim etilgan ekspert sifatida. U mana shu kecha kunduzda Toshkentda, yangi bozor modelini ishlab chiqish borasida biz birgalikda ishlayapmiz.

Agar biz Gruziya tajribasiga tayangan holda ishlab chiqqan bozor modeli hukumat tomonidan ma’qullansa, biz shu yo‘nalish bo‘yicha ketamiz. Bundan tashqari, Amerika, Buyuk Britaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan ham ekspertlarni Jahon banki, OTB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bizga yollab bergan. Ular bilan ham ishlayapmiz. Qaysi modelni tanlaymiz, buni vaqt ko‘rsatadi.

Unutmasligimiz kerak, Gruziyada aholi soni bizdan deyarli 10 barobar kam. Ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyati ham deyarli 10 barobar kam. Energetika strukturasi ham umuman boshqacha”, - dedi Sherzod Xo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Energetika sohasida Gruziya tajribasidan foydalanish mumkinmi?