18:52 / 18.01.2020
2 738

MIB faoliyatidan: 8 553 ta avtoulov jarima maydonlariga qo‘yildi

MIB faoliyatidan: 8 553 ta avtoulov jarima maydonlariga qo‘yildi
Hayot tashvishlari bilan bo‘lib gohida yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni unutamiz, sabrimiz yetmaydi yoki kimgadir tirband ko‘chalarda qoidalarga amal qilmaslik shunchaki o‘yinqaroqlikdir. Lekin, qoidabuzilishilarini nazorat va qayd qilib turgan kameralar haqida unutib qo‘yamiz. Buning natijasida oila budjeti zarar ko‘radi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan reyd tadbirlari poytaxtimizning markaziy 12 ta ko‘chalarida davom etmoqda.

Joriy yilning 11 iyun kunidan 31 dekabr kuniga qadar poytaxt yo‘llarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, qoidani buzib o‘z vaqtida jarimalarni amalga oshirmagan, jami 136 ming 627 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlangan bo‘lib, ulardan jami 41 mlrd. 142 mln. so‘m jarimalar undirildi.

Shundan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy 60 kun muddatda to‘lovni amalga oshirilmaganligi oqibatida, Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy tuman bo‘limlari ish yurituviga chiqarilgan ijro hujjatlaridan 48 071 ta qoidabuzarlardan 15 mlrd. 979 mln. so‘m undirilgan.

Eng asosiysi, 8 553 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirilgan. Bunday ko‘rsatkich joriy yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar davom etadigan dastlabki reyd tadbirlarida qayd qilinmagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: 8 553 ta avtoulov jarima maydonlariga qo‘yildi