21:53 / 18.01.2020
3 869

Farg‘ona viloyatida «Kamaz»ga 4 ta Nexia urildi

Farg‘ona viloyatida «Kamaz»ga 4 ta Nexia urildi
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida 18 yanvar kuni soat 11:00 larda yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona halqa avtomobil yo‘lida qalin tuman tushishi oqibatida ko‘rish darajasi pasayganligi sababli 4R 112 «Farg‘ona halqasi» avtomobil yo‘lining 289-kilometrida Buvayda tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan Yu.N. otasiga tegishli «Kamaz» yuk mashinasini burib olayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 4 ta Nexia mashinalari yuk avtomobiliga kelib urilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Oqibatda Nexia avtomobillarining uch nafar yo‘lovchisi va bir nafar haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek yana bir yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.

Avvalroq Toshkentning «Farhod» bozori oldidagi besh mashinali YTHda to‘rt kishi jarohatlagani, Samarqandda esa yaxmalak yo‘lda o‘nlab avtomobillar bir-biriga urilgan haqida xabar berilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyatida «Kamaz»ga 4 ta Nexia urildi