12:36 / 20.01.2020
2 831

Shavkat Mirziyoyev: «Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin menga ular yoqadi»

Shavkat Mirziyoyev: «Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin menga ular yoqadi»
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

«Milliy saylov tizimini yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy ekspertlar bilan forumlar o‘tkazib borsak ahvol o‘zgaradi. Ammo bitta forumning o‘zi yetarli emas. Xalq bilan maslahatlashish kerak. Parlament a’zolari shundan kelib chiqib, milliy qonunchilikni o‘zgartirib borsak xatolarimiz to‘g‘rilanadi.

O‘zbekiston parlamenti uchun hech kim chetdan kelib hech narsa qilib bermaydi, hech qachon.
Deputatlar va parlament a’zolari ko‘proq kitob o‘qishi kerak. Deputatning bilimsizligi qonun tashabbuskori uchun ma’qul vaziyat. Ma’qul ularga, bilib qo‘yinglar.

O‘zimizning va xorijiy OAVga rahmat. Saylov jarayonlarida juda faol bo‘lishdi. Mana debatlar vaqtida ko‘rdingizlar jurnalistlar tomonidan partiya vakillariga qanday keskin, muammoli savollar berilganini. Hozir OAV vakillari ham o‘z ustida ishlayapti, ular o‘zgaryapti. Men barcha jurnalistlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman mana shu faollik uchun.

Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin ular menga yoqadi
», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Ko‘p odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin menga ular yoqadi»