17:00 / 20.01.2020
3 305

Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi

Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Prezident Qonunchilik palatasi majlisida parlamentga murojaat sanasini ochiqladi.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, parlamentga murojaat juma, 24 yanvar kuni bo‘ladi.

22 dekabr kuni O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, 150 deputatlik parlamentga 125 deputat saylandi, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkazildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi