15:58 / 20.01.2020
4 239

Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi

Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi
Foto: Facebook
Xorazmlik bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurov O‘zbeksitonni tark etdi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Bloger vatanni tark etishini «faoliyati davomida ko‘plab tazyiqlarga uchrgani bilan» ifodalaydi.

Ma’lumki, Nafosat Olloshukurova o‘tgan yilning sentabr oyida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari bilan aybdor deb topilib, 10 sutkaga «kesilgan»di. Tayinlangan jazo muddatini o‘tayotgan paytda «ruhiyatida o‘zgarishlar sezilganligi» vaji bilan «tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan u viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga o‘tkaziladi».

Uch oydan so‘ng ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan javob berilgan Olloshukurova uyiga qaytganidan keyin ham xotirjam bo‘lmaganini alohida qayd etib, «...Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan ozod etilgach, meni Sog‘liqni saqlash vazirligi psixiatri Levon Ambarsumov boshchiligida ro‘yxatdan o‘tkazish bahonasida yana olib ketishga urinishlar bo‘ldi. Ular kelgan paytda uyda bo‘lmaganim bois qutulib qolishga muyassar bo‘ldim», deb yozadi u.

So‘zining oxirida bloger yurtni tark etishiga yordam berganlarga tashakkur aytib, ular qatori AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasini ham tilga oladi.
O‘n kun avval Nafosat Olloshukurova «gazeta.uz»ga bergan intervyusida o‘zini xavfsiz his etmayotganini ta’kidlab, odamlardan sog‘lom ekaniga ishonishlarini so‘ragan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi