11:27 / 21.01.2020
2 560

The Guardian ISHIDning yangi yetakchisi ismini oshkor qildi

The Guardian ISHIDning yangi yetakchisi ismini oshkor qildi
Amir Muhammad Abdulrahmon al-Mavliy as-Salbiy ISHID terrorchilik tashkilotining yangi yetakchisi etib tayinlandi. Bu haqda ikkita razvedka xizmati vakillariga tayanib, The Guardian xabar berdi.

As-Salbiy ISHIDning sobiq yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘lganidan bir necha soat o‘tib, rahbarlikni qo‘lga olgan. Al-Bag‘dodiyning o‘rnini Abu Ibrohim al-Xoshimiy al-Qurayshiy egallashi kerak edi, biroq terrorchilik tashkilotida uni tan olishmagan.

Al-Salbiy Iroqda tug‘ilgan bo‘lib, millati arab emas. Shuningdek, u Hoji Abdulla va Abdulla Qardosh nomi bilan ham tanilgan. Al-Salbiy Mosul universitetida shariat qonunlari bo‘yicha ilmiy daraja olgan. 2004 yilda u Amerika qo‘shinlari tomonidan qo‘lgan olinib, Iroq janubidagi qamoqxonaga joylashtirilgan. Al-Salbiy aynan o‘sha yerda Bag‘dodiy bilan tanishib qolgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra uning o‘g‘li bor.

Al-Bag‘dodiy o‘ldirilishidan oldinroq AQSH Davlat departamenti Salbiy va tashkilotning yana ikki nafar rahbari boshi uchun 5 million dollar va’da qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, ISHID yetakchisi al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini AQSH prezidenti Donald Tramp 27 oktabr kuni e’lon qilgandi. 31 oktabr buni terrorchilik guruhi a’zolari ushbu xabarni tasdiqlagan edi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » The Guardian ISHIDning yangi yetakchisi ismini oshkor qildi