10:20 / 22.01.2020
3 848

Amerikalik diplomatlar Nafosat Olloshukurovaning O‘zbekistonni tark etishiga izoh berdi

Amerikalik diplomatlar Nafosat Olloshukurovaning O‘zbekistonni tark etishiga izoh berdi
Foto: Facebook /shabnam.olloshkurova
AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xorazmlik bloger Nafosat Olloshukurovaning O‘zbekistonni tark etishiga izoh berdi.

«Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni o‘z ixtiyori bilan tark etdi. AQSH elchixonasi u bilan uning ketishi oldidan uchrashdi, elchixona uning ishini diqqat bilan kuzatib boradi», - deyiladi elchixonaning Twitter sahifasida.

Elchixonaning ta’qidlashicha, AQSH so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Prezident Mirziyoyev OAV hukumat ustidan jamoatchilik nazorati va uning islohotlar dasturi muvaffaqiyati uchun zarurligini aytadi. Jurnalistlarga o‘z ishlarini bajarishlariga ruxsat berilishi, ular tahdid yoki ta’qibga uchramasliklari kerak», – deyiladi elchixona izohida.

Avvalroq Nafosat Olloshukurova Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida O‘zbekistonni tark etib ketayotganini ma’lum qilgandi.

U mamlakatdan chiqib ketishda o‘ziga yaqindan yordam bergan AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi, "Ezgulik" inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov hamda advokat Umid Davletovlarga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Urganch shahar ma’muriy sudining 2019 yil 23 sentabr kungi qaroriga asosan Nafosat Olloshukurovaga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. Bosh prokuraturaning ma’lumotiga ko‘ra, 26 sentabr kuni ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan N.Olloshukurova ruhiyatida o‘zgarishlar sezilganligi uchun tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan u viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan. Viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseri tomonidan blogerning ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘layotgani, unda «ruhiy kasalsimon sindrom, paranoyal sindrom» kasalligi alomatlari kuzatilgani, o‘zi yoki atrofdagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, nochorligi, asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsiz deb topilgan va suddan uni psixiatriya muassasasiga joylashtirish so‘ralgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi tomonidan mazkur so‘rov qanoatlantirilgan.

28 dekabr kuni ruhiy kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan tibbiy ekspertiza uning salomatligi yaxshilangan, deb topgan va bloger shifoxonadan chiqarilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik diplomatlar Nafosat Olloshukurovaning O‘zbekistonni tark etishiga izoh berdi