15:55 / 22.01.2020
3 118

O‘zbekiston hukumati tuzilmasida o‘zgarish kutilyapti, yangi lavozim joriy etiladi

O‘zbekiston hukumati tuzilmasida o‘zgarish kutilyapti, yangi lavozim joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tuzilmasida o‘zgarish bo‘lishi kutilyapti, yangi lavozim joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etilishi mo‘ljallangan.

Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Aziz Abduhakimovning nomzodi qo‘yilishi kutilyapti (ayni vaqtda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga Abdulaziz Oqqulov rahbarlik qilmoqda).

Bugun, 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash masalalari muhokama qilindi.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosarlari, moliya vaziri, transport vaziri, qurilish vaziri, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, iqtisodiyot va sanoat vaziri, energetika vaziri, Davlat statistika qo‘mitasi raisi, Davlat soliq qo‘mitasi raisi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi lavozimlariga nomzodlarni;

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi — adliya vaziri, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, favqulodda vaziyatlar vaziri, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi hamda Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi lavozimlariga nomzodlarni;

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi — O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi, innovatsion rivojlanish vaziri, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, xalq ta’limi vaziri, maktabgacha ta’lim vaziri, jismoniy tarbiya va sport vaziri, madaniyat vaziri, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, sog‘liqni saqlash vaziri, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzodlarni;

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi — qishloq xo‘jaligi vaziri, suv xo‘jaligi vaziri, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimlariga nomzodlarni;

Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi va Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi — O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, sog‘liqni saqlash vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimlariga nomzodlarni;

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan tashqi ishlar vaziri, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimlariga nomzodlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston hukumati tuzilmasida o‘zgarish kutilyapti, yangi lavozim joriy etiladi