Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdorlar “BEKO BEZ NAVOIY” MCHJ hamda S.Sanoyea va N.Boymurzayevalardan undiruvchi ATB “Qishloqqurilishbank” Navoiy mintaqaviy filiali foydasiga 235.627.266 so‘m kredit qarzni undirish, undiruv garovga qo‘yilgan qarzdorga tegishli bo‘lgan 150.000.000 so‘m baholangan 2015 yilda ishlab chiqarilgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.
Bundan tashqari, ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga tegishli bo‘lgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasini xatlash va savdoga chiqarish maksadida qarzdorning ijro hujjati bo‘yicha belgilangan manziliga borilgandan qarzdor tomonidan avtotransport vositasi yashirilganligi aniqlangan va davlat ijrochisining 05.11.2019 yildagi qarori bilan garovga olingan avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qaror ijro etishlik uchun Navoiy viloyat IIB YXXB hamda tuman bo‘limiga qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha bildirgi berilgan.
Bo‘lim qidiruv bo‘yicha katta inspektori R.Xudoyberdiyevning olib borilgan qidiruv harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Malibu” avtomashinasi Qiziltepa tuman, “Rabot” MFYda yashovchi fuqaroning uyda yashirib qo‘yilganligi aniqlanib, shu kunning o‘zida avtomashina maydonchasiga keltirilishi ta’minlandi va hozirgi kunda avtotransport vositasini “Ye-IJRO AUKSION” yagona elektron savdosiga chiqarish ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi