19:40 / 22.01.2020
3 349

Hukumatning yangi tarkibiga nomzodlar deputatlar tomonidan ma’qullandi

Hukumatning yangi tarkibiga nomzodlar deputatlar tomonidan ma’qullandi
O‘zbekiston hukumati tarkibida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Transport vazirligida Ochilboy Ramatov o‘rnini bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Elyor G‘aniyev egallaydi, Madaniyat vazirligida Baxtiyor Sayfullayev o‘rnini uning o‘rinbosari bo‘lgan Ozodbek Nazarbekov egallaydi. Hukumat tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etilib, bu lavozimga Aziz Abduhakimov tayinlanadi. Bungacha Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga Abdulaziz Oqqulov rahbarlik qilayotgandi.

Bugun, 22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi shakllangan parlament quyi palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishdi.

Parlament quyi palatasida qaror topgan yangi amaliyot asosida Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalarida, so‘ngra siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgan edi. Majlisda Hukumat a’zosining lavozimiga nomzodlarning har biri Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli aniq ko‘rsatkichlar va natijalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etishdi.

Shundan so‘ng savol-javoblarga o‘tildi. Hukumat a’zoligiga nomzodi ko‘rsatilganlar parlament a’zolari tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar hamda savollarga atroflicha javob qaytardilar. Ular e’tiboriga mazkur lavozimga kirishganidan so‘ng vazirliklar bilan parlament o‘rtasidagi munosabatlar yanada faol va samarali bo‘lishini bildirishdi.

Savol-javob va qizg‘in muhokamalardan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Hukumat a’zoligiga nomzodlarni lavozimiga ma’qullash haqida qaror qabul qilishdi.

Ushbu Qarorga ko‘ra:



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hukumatning yangi tarkibiga nomzodlar deputatlar tomonidan ma’qullandi