23:18 / 22.01.2020
2 370

Bank foydasiga deyarli 764 million so‘m undirib berildi

Bank foydasiga deyarli 764 million so‘m undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdorlar “Yangi Turmush Parranda” dehqon xo‘jaligi va G.Vahabovadan, solidar tartibda undiruvchi, “HAMKORBANK” ATBning foydasiga, jami 763.567.582 so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida garovdagi mulk, G.Vahabovaga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tuman, Xo‘jakent qishlog‘ida joylashgan umumiy yer maydoni 0,0433 ga, umumiy qurilish osti maydoni 176,40 kv.m, umumiy foydalanish maydoni 259,70 kv.m., 1 ta 2 qavatli noturar joy, yertula, xovuz, xojatxona va yozgi oshxona binolaridan iborat bo‘lgan noturar bino (dala xovli) xatlangan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan, qarzdorga tegishli noturar joy (dala xovli) 763.567.582 so‘m kredit qarzdorligi evaziga “HAMKORBANK” ATBning foydasiga o‘tkazib berilishi ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank foydasiga deyarli 764 million so‘m undirib berildi