06:28 / 23.01.2020
2 582

Toshkent hayvonot bog‘iga 5 million dollar mablag‘ ajratiladi

Toshkent hayvonot bog‘iga 5 million dollar mablag‘ ajratiladi
Foto: tashkentzoo.uz
22 yanvar kuni, Toshkent shahar hokimligida «2019 yilda Toshkent shahrida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov Toshkent hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish masalasi bo‘yicha axborot berdi.

«Joriy yilda Toshkent hayvonot bog‘i rekonstruksiya qilinadi. Bunda Birlashgan Arab Amirliklari tajribasiga tayanamiz. Chunki ushbu mamlakat hayvonot bog‘lari dunyo standartiga javob beradi. Bu yo‘nalishda xalqaro talablarga javob berishimiz kerak.

Toshkent hayvonot bog‘ida hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar talaygina. Masalan, jonivorlarni parvarishlash, ularning oziq-ovqat ta’minoti, infratuzilmasi va boshqalar. Ushbu masalalarni hal qilish uchun katta ishchi guruhi tuzilgan. Rekonstruksiya ishlari bir necha bosqichni qamrab olgan. Birinchi bosqichda 5 million dollar ajratiladi. Bu yo‘nalishda BAA ekspertlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borilmoqda
», deydi Elbek Shukurov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent hayvonot bog‘iga 5 million dollar mablag‘ ajratiladi