06:57 / 23.01.2020
3 492

TIV o‘zbekistonliklarni yana bir bor xavfli virusdan ogohlantirdi

TIV o‘zbekistonliklarni yana bir bor xavfli virusdan ogohlantirdi
O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) tarqala boshlagan pnevmoniya virusining (koronavirusning) yangi shaklidan 2020 yil 20 yanvar holatida jami 4 kishi vafot etganini xabar qilgan. Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ogohlantirdi.

Xitoyning mas’ul idoralari Uxan shahrida 136 nafar yangi kasallanish holatini aniqlagan. Pekin va Shenchjen shaharlarida bemorlarning aniqlangani ilk bor tasdiqlandi. Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududida ham 90dan ortiq kasallanish holati ro‘yxatga olingan.

Yangi koronavirusni yuqtirganlar Tailand, Yaponiya va boshqa davlatlarda ham aniqlangan, Vetnam va Singapurda ayrim bemorlarning ushbu virus bilan kasallanganligi gumon qilingan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijda bo‘lib turgan yoki chet elga, xususan Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi va Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga (Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Koreya va Filippin) +8610-6532-6305 telefon raqami orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (Shanxay shahri, Anxoy, Chjetszyan, Szyansi, Szyansu, Xunan va Futszyan provinsiyalari)+8621-6307-1896 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » TIV o‘zbekistonliklarni yana bir bor xavfli virusdan ogohlantirdi