20:00 / 23.01.2020
3 953

Fermerlarning onasi-yu qizidan so‘kkani aytilayotgan hokimga nisbatan tekshirish o‘tkazilmoqda

Fermerlarning onasi-yu qizidan so‘kkani aytilayotgan hokimga nisbatan tekshirish o‘tkazilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir so‘kong‘ich hokimning audiosi tarqaldi. Dastlab «Xorazm-news» kanalida «jaranglagan» haqoratga to‘la gaplar «muallifi» Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi Maqsud Saidov ekani aytilmoqda.

Hokim tumandagi fermerlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida yer maydonlari tayyor emasligi vajidan kelib chiqib, ularni onasi-yu qizidan kelib, bolaxonador gaplar bilan so‘kadi.

So‘kinishlarni yozish ne, hatto eshitib bo‘lmasligi e’tiboridan ularni keltirishni lozim topmadik. Faqat Bosh prokuraturaga so‘rov yuborildiki, hokim buvaga tegishli deyilayotgan holat yuzasidan yangilik bormi?

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi tekshirish o‘tkazilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fermerlarning onasi-yu qizidan so‘kkani aytilayotgan hokimga nisbatan tekshirish o‘tkazilmoqda