00:23 / 24.01.2020
5 353

Bokira go‘zallik: Qoraqalpog‘iston sahrosidan maftunkor suratlar

Bokira go‘zallik: Qoraqalpog‘iston sahrosidan maftunkor suratlar
Qoraqalpog‘iston hududida ko‘plab arxeologik va me’moriy yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatini mudofaa ahamiyatiga ega qurilmalar tashkil qiladi. Xorijiy turistlar asosan Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Katta Guldursun qal’a singari tarixiy obidalarga tashrif uyushtiradilar. Ellikqal’a - Qoraqalpog‘istonning bokira go‘zalligini saqlab qolgan tumanlaridan biridir.

Sputnik O‘zbekiston nashri Ellikqal’a tumanidagi ochiq osmon ostidagi madaniy meros ob’ektlarini suratga oldi.

Akchako‘l Elliqala tumanining shimoli-g‘arbida joylashgan. Umumiy maydoni 1149 ga . Chuqurligi 35 metrga etadi. Ko‘l bo‘yida bir nechta sayyohlik lageri va turli xil suv attraksionlari tashkil etilishi kutilmoqda.

Ellikqal’aning go‘zal manzarasi.

O‘tov, qadimiy Buyuk ipak yo‘li marshruti bo‘yicha sayohat qiluvchilar shu uylarda joylashtiriladi.

O‘tov, qadimiy Buyuk ipak yo‘li marshruti bo‘yicha sayohat qiluvchilar shu uylarda joylashtiriladi.

Ellikqal’a, bu yerda ko‘plab arxeologik va arxitektura yodgorliklari mavjud. Bu erga kelgan sayyohlar o‘tovlarda joylashishlari mumkin.

Ellikqal’a, bu yerda ko‘plab arxeologik va arxitektura yodgorliklari mavjud.

Ayozqal’a - Qoraqalpog‘istonning eng go‘zal yodgorliklaridan biridir. 100 m balandlikdagi tepalik atrofida uchta qal’a birlashtirilgan va bu shahar Qizilqum sahrosining chetidagi mustahkam istehkomlardan biri bo‘lgan va ko‘chmanchilar hujumlaridan himoya qilgan.

Yodgorlikning o‘zi to‘rtburchaklar shakliga ega, balandligi 10 metr bo‘lgan ikki devor loy g‘ishtdan qurilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bokira go‘zallik: Qoraqalpog‘iston sahrosidan maftunkor suratlar