08:00 / 24.01.2020
2 474

Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi

Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi
Endilikda qidiruvdagi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ushlanganda o‘sha joyning o‘zidayoq, uning yaqin qarindoshi yoki oila a’zolariga ma’lum qilinadi. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat rahbarining 2019 yil 13 dekabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Loyihaga ko‘ra, bundan buyon protsessual harakatlarni amalga oshirishda videoyozuvdan foydalanilishi majburiydir.

Ya’ni gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining advokatdan voz kechish jarayoni, shaxsni ushlash hamda shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish harakatlari videoyozuv guvohligida amalga oshiriladi.

So‘ngra ushbu jarayonlarning videoyozuv orqali amalga oshirilganligi haqida tegishli bayonnomaga qayd etilib, unga videoyozuv materiallari ilova qilinadi.

Shaxsni ushlash jarayonida videoyozuvni qo‘llash imkonini bermaydigan yoki kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina videoyozuv qo‘llanilmaydi.
Ammo ushbu sharoitda ham qo‘lga olingan shaxs davlat organi binosiga olib kelingach, uning huquqlari haqida tushuntirish jarayoni videotasvirga olinadi.

Ushbu loyihaning yana bir muhim jihati shuki, endilikda qidiruvdagi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ushlanganda bu haqda o‘sha joyning o‘zidayoq, uning yaqin qarindoshi yoki oila a’zolariga ma’lum qilinadi.

Ayni damda ushbu loyiha muhokama portaliga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi