06:00 / 24.01.2020
2 801

O‘zbekistondagi bankomatlardan 2019 yilda qancha pul yechib olingani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi bankomatlardan 2019 yilda qancha pul yechib olingani ma’lum qilindi
Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2019 yilda bank kartalariga kelib tushgan 112,7 trillion so‘mlik mablag‘larning naqdlashtirilgan qismi 36,6 trillion so‘m yoki 32,4 foizni tashkil etib, 2017 (6,1 foiz) va 2018 yilga (17,4 foiz) nisbatan sezilarli darajada oshdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda bank kartalaridan yechib olinayotgan naqd pullarning 68,6 foizi bankomatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, bank kartalaridan yechib olingan jami naqd pud miqdori 36 trillion 553 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 25 trillion 81 milliard so‘m bankomatlardan naqdlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda 3,1 foiz, 2018 yilda 40,0 foizga to‘g‘ri kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi bankomatlardan 2019 yilda qancha pul yechib olingani ma’lum qilindi