13:00 / 24.01.2020
2 383

700 nafardan ortiq olim va professor-o‘qituvchilar chet elga yuboriladi

700 nafardan ortiq olim va professor-o‘qituvchilar chet elga yuboriladi
2020 yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan 700dan ortiq olim va professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ma’lum qildi.
«Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish lozim», – dedi davlat rahbari.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtiriladi.
«Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart», – deya ta’kidladi Mirziyoyev.

Murojaatnomada, shunindek, ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozimligi qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 700 nafardan ortiq olim va professor-o‘qituvchilar chet elga yuboriladi