12:51 / 24.01.2020
2 882

Prezident propiskani isloh qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident propiskani isloh qilish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident parlamentga murojaatnomasida hukumatga propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlar o‘rtasida juda katta tafovut mavjud. Bu tizimni fuqarolarimizning oyog‘iga kishan qilganmiz. Fuqarolarimiz qayerda yashasa ham, ishlasa ham o‘sha yerda propiskadan o‘ta olishi kerak. Shuning uchun ham hukumat propiska masalasini ijobiy hal qiladigan tizim ishlab chiqishi lozim.

Parlament va hukumat 2020 yil 1 apreliga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqishi zarur.
Fuqarolarimiz bemalol O‘zbekistonning istalgan joyida propiskadan o‘tishini qonuniy ta’minlashimiz kerak.

Yuragimdagi bir niyatimni aytaman: vatanimiz ichida har bir inson kichik vataniga ega bo‘lsa, xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi
», dedi prezident.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident propiskani isloh qilish bo‘yicha topshiriq berdi