16:39 / 24.01.2020
2 900

1995 yildan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi

1995 yildan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga murojaatnomasi davomida fuqarolik masalalari, uzoq yillar davomida O‘zbekiston fuqaroligini ololmayotgan shaxslar, «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni haqida gapirdi.

«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuni 28 yil oldin qabul qilingan bo‘lib, bugungi hayot talablariga javob bermaydi.
1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik berilishi darkor. Bu bilan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning fuqarolik bo‘yicha muammolari hal etiladi
» - dedi prezident.

Joriy yil 1 mayga qadar tegishli qonun loyihalari paralamentga kiritilishi belgilangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1995 yildan buyon O‘zbekistonda yashab kelayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladi