07:58 / 25.01.2020
3 564

Toshkentda 24 yanvar kuni kuzatilgan zilzila oqibatida institut xonasidagi shift ko‘chib tushdi (video)

Toshkentda 24 yanvar kuni kuzatilgan zilzila oqibatida institut xonasidagi shift ko‘chib tushdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda 24 yanvar, juma kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida xona shifti ko‘chib tushganligi aks etgan videoxabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qurilish vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.

Ma’lum qilishlaricha, videoda aks etgan o‘quv xonasi Shayxontohur tumani Paxtakor ko‘chasi 3-uyda joylashgan bo‘lib, unda 2019 yilning oktabr oyidan beri dars mashg‘ulotlari olib borilmaydi, binoning o‘zi kapital ta’mirlash manzilli dasturiga kiritilgan.

«Bino 1950 yilda qurilgan. Kapital ta’mirga muhtoj mazkur binoning 3-qavatidagi 310-auditoriya shifti osilib qolgani sabab, 2019 yil oktabridayoq yopib qo‘yilgan», — deyiladi Qurilish vazirligi axborotida.

Alohida qayd etishlaricha, Toshkentda 24 yanvar kuni kunduzi kuzatilgan 2—3 ballik yerosti silkinishlari oqibatida xonadagi osilib qolgan shiftning 5 kvadrat metri ko‘chib tushgan.

«Holat yuzasidan Qurilish vazirligi tomonidan FVV va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzildi, voqea joyiga borilib, vaziyatni o‘rgangan holda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», — deya qo‘shimcha qilingan vazirlik axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 24 yanvar kuni kuzatilgan zilzila oqibatida institut xonasidagi shift ko‘chib tushdi (video)