Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar, juma kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida pedagogik ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati uch yil etib belgilanishini ma’lum qilgandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilanishi rejalashtirilgan.
2020/2021-o‘quv yilidan o‘qish muddati uch yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladigan pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari:
- Musiqa ta’limi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik ta’lim;
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.
Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarish ayni paytda o‘qishni boshlaganlar uchun tatbiq etilmaydi. O‘quvni ushbu shaklda tashkil etish, to‘lov-kontrakt summasi hamda o‘quv-dars rejasini tuzish ishlari hali yakunlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi