18:58 / 26.01.2020
7 316

Sirdaryoda qo‘lga olingan fohisha IIB xodimiga pora berishga urindi

Sirdaryoda qo‘lga olingan fohisha IIB xodimiga pora berishga urindi
Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati
Sirdaryo viloyati IIB xodimi rahbariyat nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, unda 19 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida fuqaro Yu.K. o‘z yashash xonadonida 70 000 so‘m evaziga fuqaro D.B. bilan jinsiy aloqada bo‘lgan vaqtda ushlaganligi, pullar daliliy ashyo sifatida olinib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar to‘planganligini bayon qilgan. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodim shundan so‘ng Yu.K. unga ma’muriy materialni ko‘rib chiqmaslik, sudga yubormaslik hamda ijobiy hal qilib berish evaziga pora tariqasida pul taklif qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

22 yanvar kuni o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar davomida 1994 yili Guliston shahrida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, turmushga chiqmagan, muqaddam sudlanib, amnistiya aktiga asosan javobgarlikdan ozod etilgan, keyinchalik ma’muriy javobgarlikka tortilgan Yu.K. bildirgi yozgan xodimning xizmat xonasida 400 000 so‘mni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlarni qonuniy qaror qabul qilish uchun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda qo‘lga olingan fohisha IIB xodimiga pora berishga urindi