09:53 / 28.01.2020
5 694

Xudoning qaysi dini haq?

Xudoning qaysi dini haq?
Har bir odam bolasi borki o‘zi tanlamagan muhitda dunyoga keladi. Unga oilasining dini va yashayotgan mamlakatinig mafkurasi hayotining dastlabki onlaridan boshlaboq singib boradi.

Odatda u vaqt o‘tishi bilan mana shu ta’sirlar natijasida o‘smirlik yoshiga yetganida, o‘z jamiyatining e’tiqodi har kimda bo‘lishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri e’tiqod deb biladi va unga iymon keltiradi. Shu bilan birga uning aqli yetuklashib borgani va boshka dinlar bilan tanishgani sari, o‘z e’tiqodining to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligi to‘g‘risida savollari paydo bo‘la boshlaydi.

Haqiqatni izlovchi o‘rganayotgangan har bir din, sekta, mafkura va falsafiy qarashlardan qaysi biri yagona haq yo‘l ekanligini aniqlashda ko‘pincha chalkashib ketadi. Haqiqatdan ham ularning bari odamlarni yaxshilik qilishga chaqiradi. Lekin, ularning qaysi biri eng to‘g‘risi? Ularning barchasi baravariga haq bo‘la olmaydi, chunki ularning har biri o‘zidan boshqalarini noto‘g‘riligini ta’kidlaydi. Shunday vaqtda haqni izlovchi qanday qilib to‘g‘ri yo‘lni topsin?

Xudo bizning barchamizga kerakli xulosani chiqarishimiz uchun aql va idrokni berdi. Mana shu chiqariladigan xulosa inson hayotidagi eng muhim qarordir. Bu qaror uning kelajagini belgilab beradi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir odam taqdim qilinayotgan dalillarni hotirjamlik bilan ko‘rib chiqishi va haqni ko‘rsatayotgan yo‘lni tanlashi kerak, toki bundan ham to‘liq dalillar paydo bo‘lmagunicha.

Boshqa din va falsafiy qarashlar kabi Islom dini ham o‘zining Xudoga yetkazuvchi yagona haq yo‘l ekanligini ta’kidlaydi. Mana shu jihatdan uning boshqa tizimlardan hech qanday farqi yo‘qdir. Mana shu risola ana o‘sha ta’kidning to‘g‘riligini isbotlovchi dalillarni taqdim qilishni ko‘zlaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kishi haq yo‘lni qidirayotganida, bizlarni ko‘pincha yo‘ldan chalg‘ituvchi hissiyotni va o‘zimizda avvaldan mavjud bo‘lgan qarashlarni chetga surib qo‘yibgina topishi mumkin. Faqat va faqat shundagina biz Xudo bergan aql-idrokni ishlatib, to‘g‘ri va oqilona xulosa chiqara olamiz.

Islomning haq din ekanligini tasdiqlovchi ko‘plab dalillarni ilgari surish mumkin.
Quyidagilar uchtasi esa ularning eng ravshan bo‘lganlaridir.

Birinchi dalil, dinning nomi va uning keng qamrovli ma’nosi yagona ilohiy manbaga asoslanganligidir.
Ikkinchi dalil esa Xudo, odam va yaratilish o‘rtalaridagi munosabatlarning yagona va oddiy ta’limotga asoslanganligidir.
Uchinchi dalil, Islom dini barcha odamlar tomonidan har qanday zamonda va har qanday yerda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yagona din ekanligidir. Mana shu uch dalil, mantiqan dinning Xudoning haq dini deb asoslashga yetarlidir. Keyingi sahifalarda mana shu konsepiyalar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Dinning nomi
Avvalo har bir odam “Islom” so‘zining asl ma’nosini bilishi va yaxshi tushunib olishi kerak. “Islom” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, arab tilida “Alloh” deb ataluvchi yagona haq Xudoga itoat qilish va taslim bo‘lish ma’nolarini bildiradi. Allohga bo‘ysunuvchi har bir odam “Muslim” (“Musulmon”) deb ataladi. Islom dini biror shaxs yoki odamlardan keyin nomlangan din emas.

Yoki aksincha biror shaxsdan so‘ng keyinchalik paydo bo‘lgan ham emas. Ya’ni, Islom dinining nomi dainlarning Iso Masiyhdan so‘ng Nasroniylik, Gautama Buddadan so‘ng Buddizm, Konfutsiydan so‘ng Konfutsiy ta’limoti, Karl Marksdan so‘ng Marksizm, Yahud qabilasidan (Bani Isroil qabilasi) so‘ng Yahudiylik (Iudaizm), Hindusdan so‘ng Hinduizm deb nomlanganlaridek emas.

Islom (Xudoga itoat qilish) bu Xudoning birinchi yaratgan bashari va birinchi payg‘ambari bo‘lmish Odamga berilgan dinidir. Shu bilan birga Alloh insoniyatga yuborgan barcha payg‘ambarlarning dini bo‘lgan dindir. Bundan tashqari bu dinning nomini Xudoning O‘zi tanlagandir va O‘zining so‘nggi kitobida ochiq-oydin eslatgandir. Arab tilida Qur’on deb nomlanuvchi mana shu so‘nggi kitobida Alloh quyidagilarni ta’kidlaydi:
“Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb, rozi bo‘ldim.” (Moida surasi, 3-oyat)

“Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lur.” (Oli Imron surasi, 85-oyat)

Bundan, Islom Muhammad Payg‘ambar tomonidan yettinchi asrda Arabistonga olib kelingan yangi din emasligi kelib chiqadi. Balki, Buyuk Allohning Odam va undan keyingi payg‘ambarlarga yuborgan dastlabki haq dinning qaytadan namoyon bo‘lgan oxirgi ko‘rinishidir.

Biz mana shu yerda o‘zining to‘g‘ri yo‘ldaligini da’vo qiluvchi ikkita boshqa dinlarga qisqacha sharh berib o‘tamiz. Xudo Muso Payg‘ambar ummatining yoki ularning zurriyotlarining dinini Yahudiylik (Iudaizm) deb nomlaganini Bibliyaning biror yerida topa olmaysiz. Yoki Masiyhga ergashuvchilarning dinini Nasroniylik deb nomlaganini ham topa olmaysiz. Boshqa so‘z bilan aytganda, “Yahudiylik (Iudaizm)” va “Nasroniylik” nomlari ilohiy asos va tasdiqqa ega emaslar. Nasroniylik nomi Iso tark etgandan keyin, uzoq vaqtlardan so‘ng uning diniga berilgan nomdir.

Demak unda, Isoning dinining haqiqiy holati uning nomidan farqli ekan-da? Uning dini uning ko‘rsatmlarini o‘zida aks ettiradi. U o‘ziga ergashuvchilardan ular bilan Xudo o‘rtasidagi munosabatlarga chaqiruvchi tamoyillarni qabul qilishni talab qilgan. Islomda Iso Alloh yuborgan payg‘ambarlarning biridir va u arab tilidi “Iisaa” deb ataladi. U o‘zidan avvalgi payg‘ambarlar kabi odamlarni Xudoning buyrug‘iga (Islomning asosiga ko‘ra)taslim bo‘lishga chaqirdi. Misol uchun, Injilda Iso o‘ziga ergashuvchilarni Xudoga quyidagicha ibodat qilishga chaqiradi:
“Bizning osmondagi Otamiz, Sening isming muqaddasdir. Yerda Sening xohishing bo‘lsin osmonda bo‘lgani kabi”. (Luka 11:2/Matfey 6:9-10)

Iso ta’kidlagan mana shu g‘oya ko‘p marotaba Injillarda kelgandir. U faqatgina itoat etuvchilar jannatga kirishini ta’lim berdi.
“Meni “Xudo” deganlarning hech biri Xudoning saltanati (jannat) ga kirmaydi, faqatgina osmondagi Otamga itoat qiluvchilargina kiradilar.” (Matfey 7:21)

Yana Iso o‘zini Xudoga itoat etuvchilardan ekanligini tasdiqladi.
“Mening o‘zim hech narsaga qodir emasman. Men eshitganlarimga ko‘ra adolat qilaman va mening adolatim eng haqqoniydir. Chunki men o‘zimcha harakat qilmayman va faqatgina meni yuborgan Zotga itoat qilaman.” (Ioann 5:30)

Iso o‘zini yakka haq Xudo emasligi haqida ergashuvchilariga ochiq-oydin qilgan murojatlari Injillarning ko‘p yerlarida kelgandir. Misol uchun, u Qiyomat kuni haqida quyidagicha deydi:
“Otadan boshqa hech kim u Kun va soat haqida bilmaydi, hatto osmondagi farishtalar va o‘g‘il ham bilmaydi”. (Mark 13:32)

Shunday qilib, Iso o‘zidan avval kelgan payg‘ambarlar kabidir. Hamda o‘zidan keyin kelib, yagona haq Xudoga itoat etishga chaqirgan va Islom dinini ta’lim bergan so‘nggi Payg‘ambar kabidir.
Doktor A.B.Filips

(davomi bor)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xudoning qaysi dini haq?