12:00 / 28.01.2020
10 636

Sobiq «Abu-Saxiy» bozoridagi tadbirkorlar noroziligiga bozor ma’muriyatining munosabati (foto, video)

Sobiq «Abu-Saxiy» bozoridagi tadbirkorlar noroziligiga bozor ma’muriyatining munosabati (foto, video)
Tashkent trade center xususiy korxonasi sobiq «Abu-Saxiy» bozori savdo qiluvchi tadbirkorlarning noroziligi aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-blok hududida joylashgan savdo do‘konlarining yong‘inga qarshi holatini o‘rgangan Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi yong‘in sodir bo‘lishiga sabab bo‘luvchi bir qancha kamchiliklarni aniqlab, 1-blokda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish zarurati to‘g‘risida korxonaga xulosa taqdim etgan. Ma’muriyat 1-blokdagi «konteyner do‘konlar»ning ish faoliyatini vaktincha to‘xtatib, ularni qayta rekonstruksiya qilish masalalarini ko‘rib chiqayotgani va tegishli takliflar o‘rganilayotganligi haqida mulkdorlarni ogohlantirgan.

Rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan 1-blok mulkdorlariga yangi do‘konlar qurilgunga qadar yangi bitgan majmua yerto‘lasidan vaqtincha foydalanish uchun do‘konlar olish taklif etilgan. 1-blokda rekonstruksiya ishlari yakunlangandan so‘ng, mulkdorlarga o‘ringa o‘rin o‘z omboriga ega savdo do‘konlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.


Biroq, «Mato bozori»ning mulkdorlari hamda ijarachilari bu taklifga ko‘nmagan va bozor ma’muriyatiga do‘konlarni bosqichma-bosqich qurishni, avval 10 ta do‘konni qurib, keyin qolganlariga o‘tishni taklif qilgan.


«Lekin bozor ma’muriyati shuni rasman ma’lum qiladiki, yangi savdo majmuasini qisman yoki bo‘lib-bo‘lib qurib bo‘lmaydi. Sababi, bir qurilish binosi yagona tizim va aniq rejaga tayangan smeta asosida amalga oshiriladi.



Bundan tashqari, 1-blok savdogarlari tomonidan yangi barpo etilgan savdo majmuasining 1-qavatidan vaqtincha do‘konlar ajratib berilishi taklifi ham ilgari surildi. Bunga javoban ma’lum qilamizki, korxonamiz tomonidan 1-qavatdagi do‘konlarni 1-blok hududidagi savdo do‘konlari hisobidan kelib chiqqan holda taqsimlash imkoniyatiga ega emas.

Shu bilan birga, 1-blok hududini qayta qurib bitkazish ishlari rejalashtirilishi jarayonida yangi barpo etilgan savdo majmuasining pastki qavatidan aynan 1-blok mulkdorlari foydalanib turishlari uchun 18—20 metr kvadrat hajmdagi do‘konlar qurildi. 1-blok hududini vaqtincha ko‘chirish ishlarida sig‘im yuzasidan muammo kelib chiqmasligi uchun mazkur do‘konlarni korxona tomonidan sotish yoki ijaraga berish ishlari umuman amalga oshirilmadi», — deyiladi bozor ma’muriyati xabarida.

Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda sobiq «Abu-Saxiy» bozori mato sotishga mo‘ljallangan 1-blok do‘kon egalari va ijarachilarning ma’muriyat oldiga ommaviy to‘planib, norozilik bildirishlari aks etgan video tarqalgan, unda sotuvchilar bozor rahbariyatini ayblagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq «Abu-Saxiy» bozoridagi tadbirkorlar noroziligiga bozor ma’muriyatining munosabati (foto, video)