14:54 / 28.01.2020
4 907

Zoir Mirzayev O‘zbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlarini taqqosladi

Zoir Mirzayev O‘zbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlarini taqqosladi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyevga bergan intervyusida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov va amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosatini taqqosladi, deb yozmoqda «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo nashri.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov juda talabchan rahbar bo‘lgan.

Zoir Mirzayevning aytishicha, u Islom Karimov bilan ko‘p yillar ishlagan va muloqotda bo‘lgan. Birinchi Prezidentning o‘rganish mumkin bo‘lgan juda ko‘p tomonlari bo‘lgan. U juda talabchan, kadrlarni baholash nuqtai nazaridan, u odamning nigohiga qarab uning aldayotgan yoki aldamayotganini bila olgan. Muloqot vaqtida Islom Karimov nima uchun xatoga yo‘l qo‘yilganini va qayerda oqsash borligini ko‘p bor so‘ragan.

Qashqadaryo hokimining so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev joylardagi vaziyatni yaxshi biladi. Uning topshiriqlari muammoning yechimiga qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev siyosatining farqli jihatlaridan biri sifatida Zoir Mirzayev ochiqlikni aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avval ham O‘zbekistonda qandaydir darajada ochiqlik va tanqid bo‘lgan, biroq hozirgi kunda bu boshqa darajada.

Zoir Mirzayev qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarning yaxshilanganini ham ta’kidlab o‘tgan.
Hokimning fikricha, hokimlarda prezident bilan muloqot qilish uchun ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘lgan. Hokim sifatida hal qilish mumkin bo‘lmagan muammolar haqida gapirish imkoniyati yuzaga kelgan.

Xushnudbek Xudoyberdiyev Zoir Mirzayevdan hokimlarda prezident bilan bevosita aloqa bor yoki yo‘qligini so‘ragan. Bunga javoban hokim ijro organi sifatida ular avvalo Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilishini aytgan.

Zoir Mirzayev hali Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zidan qo‘ng‘iroq bo‘lmaganini qayd etib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov ham hech qachon unga qo‘ng‘iroq qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoir Mirzayev O‘zbekistonning birinchi va amaldagi prezidentlarini taqqosladi