14:15 / 29.01.2020
4 699

Issiqxona ishlamasa fayzi yo‘qoladi

Issiqxona ishlamasa fayzi yo‘qoladi
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorlikda tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va fosh etishga qaratilgan tezkor tadbir jarayonida Pastdarg‘om tumani “Chortut” mahallasida 8,6 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etgan fuqaro S.Xojimatov “Turkman” mahallasi hududiga o‘tuvchi 133 diametrli o‘rta bosimli gaz quvuriga pinhona ravishda (yer ostidagi qazilma orqali) noqonuniy ulanib va issiqxonaga quvur o‘tkazib foydalanib kelgan.

Tergovga qadar tekshirish davomida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkorning noqonuniy harakatlari oqibatida davlat manfaatlariga qariyb 174 mln. 878 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan fuqaro S.Xojimatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘zganing mol-mulkini juda ko‘p miqdorda talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi tuman prokuraturasiga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Issiqxona ishlamasa fayzi yo‘qoladi