20:25 / 29.01.2020
3 352

AOKAga yangi rahbar tayinlandi

AOKAga yangi rahbar tayinlandi
Foto: AOKA
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida kengaytirilgan majlis o‘tkazilib, unda AOKA direktori v.b. K.Allamjonov va direktor o‘rinbosari S.Mirziyoyeva ishdan ketgani ma’lum qilingan edi.

Yangi tayinlovga ko‘ra, Saidjonov Dilshod Madrahimovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Dilshod Saidjonov bunga qadar AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AOKAga yangi rahbar tayinlandi