16:23 / 11.02.2020
5 750

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik «milliarder» Qozonda qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik «milliarder» Qozonda qo‘lga olindi
Foto: IIV axborot xizmati
Qozon shahrining Sovetskiy tuman sudi qaroriga binoan, O‘zbekiston fuqarosi Viktor Kim ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar qamoqqa olindi, deya xabar bermoqda «Realnoye vremya»ga tayanib Kun.uz nashri.

11 fevral kuni sud prokurorning 2019 yil oktabr oyida hibsga olingan 32 yoshli Viktor Kimga qamoq muddatini uzaytirish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqadi.

O‘zbekistonda u 162 milliard rubl (2,5 million dollar) ekvivalenti miqdorida yetkazilgan zarar bilan bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda, deb xabar tarqatdi Qozon OAV shaharning Sovetskiy tuman sudi matbuot xizmatiga tayanib.

Qayd etilishicha, Viktor Kimga nisbatan sirtdan ayblov Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan 2016 yil may oyida taqdim etilgan. Prokuratura uni davlatlararo qidiruvga bergan.

UzNews xabariga ko‘ra, Viktor Kim O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi veb-saytida qidiruvga berilganlar ro‘yxatida turibdi.

Unga pulni o‘g‘rilik, firibgarlik, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, savdo qoidalarini buzish va boshqa ayblovlar qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik «milliarder» Qozonda qo‘lga olindi