12:30 / 14.02.2020
2 894

«Bunday ishlar shunchaki bitmaydi – «uzatish» lozim...»

«Bunday ishlar shunchaki bitmaydi – «uzatish» lozim...»
Avval qayerda va kim bo‘lib ishlamasin, bir marta «o‘tirib» chiqqan odam salkam yuristga aylanadi. Chunki, ishi tergov yoki sudga tushgan odam ilojsiz qonunlarni titkilaydi, advokat maslahatini oladi, «kesilib» ketsa-ku, «ichkari»da kodekslarni suv qilib ichvorishi mumkin.

Qismati bor ekan – ishtixonlik B.K. qamaldi. O‘zlashtirish-u firibgarlik ayblovi bilan. Ozodlikka chiqqach, unga-bunga bilganicha «huquqiy maslahatlar» berib yurdi. Kunlarning birida tanishi K. U. maslahatga keldi: menga qarashli yer maydoniga falonchi noqonuniy uy-joy va qo‘shimcha qurilmalar tiklab olibdi, nima qilish kerak?

B.K. avvaliga to‘g‘ri maslahat berdi: fuqarolik sudiga da’vo-ariza kiritish kerak. Biroq keyingi gapi ko‘pam to‘g‘ri emasdi: bunday ishlar shunchaki bitmaydi, «uzatish» lozim! Kimga? Qancha?

B. K. «hojatbaror» kimligini aytmadi, «yuqori» lavozimda ishlaydigan tanishim, deb qo‘ydi, xolos. Ammo «soqqa»ning aniq miqdorini aytdi: 8000 AQSH dollari!

Aytgan pulini naqd sanab oldi-yu ammo «ish» bitmadi. Yuraverdi «ana-mana», deb... Qachonki, pul bergan odam toqati toq bo‘lib, tegishli organga arz qilganidan so‘ng oldiga poxol solib ketilganini angladi. Pullarni B.K. o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan ekan!

Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departament ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, ayni paytda B.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha «ish» ochilgan. Hademay tergov harakatlari nihoyasiga yetib, «delo» sudga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bunday ishlar shunchaki bitmaydi – «uzatish» lozim...»