15:49 / 14.02.2020
3 084

Toshkent viloyatida YPX inspektori qidiruvdagi firibgarni ushladi

Toshkent viloyatida YPX inspektori qidiruvdagi firibgarni ushladi
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB
Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida qidiruvdagi firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Zangiota tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati inspektori, serjant Mag‘rur Sharifboyev tuman hududida «Avtokon» moslamasi bilan xizmat olib borayotgan vaqtida Nexia-3 rusumli avtomashinani to‘xtatadi. Haydovchi bilan uning qarzdorligi to‘g‘risida gaplasha boshlagan vaqtida avtomobil salonida o‘tirgan yo‘lovchiga e’tibor qaratadi.

YPX inspektori, serjant Mag‘rur Sharifboyev
Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB

Mashinadagi yo‘lovchi o‘zini bir oz shubhali tutadi. Bu holat YPX inspektorining e’tiborini tortadi. U o‘z shubhasini tekshirib ko‘rish uchun yo‘lovchini tuman ichki ishlar boshqarmasiga olib keladi.

Yo‘lovchining ma’lumotlari kompyuterdagi maxsus dastur orqali tekshirilganida shubhalanish asossiz bo‘lmagani oydinlashdi. Tekshiruvga jalb qilingan fuqaro A.O.ga nisbatan Toshkent viloyati, Zangiota tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning 3-qismi «b» bandiga asosan jinoyat ishi ochilib, unga nisbatan 2019 yil 20 dekabr kuni qidiruv e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida YPX inspektori qidiruvdagi firibgarni ushladi