3 744
Shavkat Mirziyoyev: «20 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi»
Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
«Meni yana bir masala juda qiynaydi. Hududlarda sug‘oriladigan yerlarni talon-taroj qilish holati. Bunday vaziyat deyarli barcha viloyatlarimizda kuzatildi», — degan Prezident yig‘ilish davomida.
Prezident yerni ochiqchasi sotgan, qalbaki hujjatlar tayyorlagan va bu holatga yo‘l qo‘ygan u hokim va prokurorlarni davlatga xiyonat qilgan, deb hisoblashini aytib o‘tgan.
«Yerning mas’uliyati va javobgarligini umuman his etmayotganlar uchun yer bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari odat tusiga aylanib qolmoqda. Bir yarim oy davomida o‘tkazilgan xatlov natijasida respublika bo‘yicha 20 ming gektarga yaqin maydon noqonuniy egallab olingani aniqlandi. Aslida bundan ancha ko‘p yer o‘zlashtirib olinganiga ham aminman. Yer ochiqchasiga sotilgan, qalbaki hujjatlar tayyorlangan. Bu holatga yo‘l qo‘ygan u hokimmi, prokurormi, davlatga xiyonat qilgan deb, hisoblayman», — degan u.
Prezident shu haqda gapirar ekan, mana shunday egasizlikka yo‘l qo‘ygan hudud prokurorlariga ham tegishli tartibda chora ko‘rishni Bosh prokuraturadan so‘ragan.
«Qizig‘i, o‘sha hudud prokurori televizorga chiqib, tergov qilgani haqida mag‘rurlanib gapiryapti. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Toshkent viloyatidagi ayrim tuman prokurorlari chiqib shu haqda gapirdi. Nima, u shu paytgacha qayerga qaragan? Yer talon-taroj bo‘lguncha nega jim turgan? Bir kunda sotilmagan-ku shu yer?», — degan Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?